Blackberry

Durian

Durian

Durian o'zining o'ziga xos ta'mi va kuchli hidi bilan mashhurdir. Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan bu meva, ko'plab madaniyatlarda yuqori baholanadi. Uning ta'mi juda noyob va betakrordir. Ba'zilar uni pishloq, piyoz, ananasning birlashmasiga o'xshatsa, ba'zilar yong'oq, banan, mango, vanil, muzqaymoq birlashmasiga ham o'xshash deb ta'riflashgan. Umuman olganda, ta'm borasida ko'plab insonlardan turli-tuman ta'riflarni eshitish mumkin. Durianning tashqi ko'rinishi tikanli bo'rtmalarga ega bo'lib, kattaligi 30 sm gacha yetishi mumkin. Hidiga kelsak, u juda kuchli hidga ega bo'lganligi uchun uni aeroportlarga o'zingiz bilan olib kirish odatda taqiqlangan. 

Durianning ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.

Kaloriyasi                       147 kkal                   9.7 %
Oqsil                               1.5 g                         1.65 %
Yog`                                5.3 g                         7.91 %
Uglevod                         23.3 g                      16.88 %
Ozuqaviy tolalar           3.8 g                        19 %
Suv                                 65 g                          2.41 %

Makro va mikroelementlar

Vitamin A, RE 2 mkg
alfa karotin 6 mkg
beta karotin 0,023 mg
Vitamin B1, tiamin 0,374 mg
Vitamin B2, riboflavin 0,2 mg
Vitamin B5, pantotenik 0,23 mg
Vitamin B6, piridoksin 0,316 mg
C vitamini, askorbin kislotasi 19,7 mg
PP vitamini, NE 1,074 mg
 
Kaliy, K 436 mg
Kalsiy, Ca 6 mg
Magniy, Mg 30 mg
Natriy, Na 2 mg
Oltingugurt, S 14,7 mg
Fosfor, P 39 mg
 
Temir, Fe 0,43 mg
Marganes, Mn 0,325 mg
Mis, Cu 207 mkg
Sink, Zn 0,28 mg

Foydali xususiyatlari

● Durian vitaminlar, minerallar, va antioksidantlarga boy. A, C, va B vitaminlari, shuningdek, kaliy va magniy kabi minerallar mavjud.
● Durian tarkibidagi indol kuchli bakteriyalarga qarshi kurashadi.
●Durian yuqori karbongidratlar miqdori bilan energiya manbai sifatida xizmat qiladi, bu esa sportchilar uchun foydali bo'lishi mumkin.
● Meva antigelmentik ta'sirga ham ega hisoblanadi. 
● Durian ayollar va erkaklar uchun afrodizyak yoki quvvatni oshiruvchi ham sanaladi.
● Barglaridan tayyorlangan sharbat peshonaga surtilsa, isitmani tushirishda yordam beradi. 
● Sovuqqa qarshi kurash ko'rsatadi.
● Stressni yengillashtiradi.
● Metabolizmni tezlashtiradi va bu orqali vazn tashlashga yordam beradi.
● Miya faoliyatini yaxshilaydi.

Zararli xususiyatlari

 Durianning kuchli hidi ko'plab insonlarga yoqmaydi va ba'zi joylarda, masalan, mehmonxonalarda, ularni olib kirish taqiqlangan. U homiladorlar va emizikli ayollarga , yuqori qon bosimi bor insonlarga zararli ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, durianni spirtli ichimliklar bilan birlashtirish juda xavflidir. Ayrim insonlarda durianga allergiya reaksiyasi bo'lishi mumkin, shuning uchun yangi mahsulotni sinab ko'rayotganda ehtiyot bo'lish kerak.

 Ishlatilishi

Durian asosan to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilinadi, lekin u turli xil taomlarda ham ishlatiladi.
Durian, muzqaymoq, tortlar va boshqa shirinliklar tayyorlashda keng qo'llaniladi.
Mevadan smuzi va sharbatlar tayyorlashda ham foydalaniladi.
U salat va boshqa ovqatlarda ingredient sifatida qo'shilishi mumkin. Hattoki, Tailand oshxonasida makaronli retseptga ham Durian ishlatiladi. 


Durian o'zining noyob ta'mi va ko'plab foydali xususiyatlari bilan mashhur. Uni iste'mol qilish yangi ta'mni ixtiro qilishga o'xshaydi. Chunki uning noyob hidi va ta'mi betakrordir.
 

Blackberry Leafs