Custard olmasi – qaymoqli olmami?
Custard olmasi – qaymoqli olmami?
Custard olmasi o'zining noyob ta’mi va tuzilishi bilan ko'plab odamlarning sevimli mevalaridan biridir. U nafaqat shirin va kislotali ta’mi bilan, balki salomatlik uchun foydaliligi bilan ham ajralib turadi.
Custard olmasining tashqi qismi yumshoq va silliq, ranglari odatda och yashil yoki sariq. Ichki qismi esa qaymoqli, shirin va suvli bo'lib, mevaning o'zida ko'p miqdorda vitamin va minerallar bor. Tuzilishi tufayli, u yangi iste'mol qilish uchun juda mos keladi va shirinliklar tayyorlashda keng qo'llaniladi. Uning tuzilishi katta yashil malinani yoki yurak ko'rinishini ham eslatadi. Shuning uchun uni ba'zida ,, buqa yuragi" deb ham atashadi. Uning ta'mi limonad va qulupnay ta'mini beruvchi noziklikka ega.
Custard olmasining ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.
Kaloriyasi 101 kkal 6.66 %
Oqsil 1.7 g 1.87 %
Yog` 0.6 g 0.9 %
Uglevod 22.8 g 16.52 %
Ozuqaviy tolalar 2.4 g 12 %
Suv 71.5 g 2.66 %
Makro va mikroelementlar
A vitamini, RE 2 mkg
Vitamin B1, tiamin 0,08 mg
Vitamin B2, riboflavin 0,1 mg
Vitamin B5, pantotenik 0,135 mg
Vitamin B6, piridoksin 0,221 mg
S vitamini, askorbin kislotasi 19,2 mg
PP vitamini, NE 0,5 mg
Kaliy, K 382 mg
Kalsiy, Ca 30 mg
Magniy, Mg 18 mg
Natriy, Na 4 mg
Oltingugurt, S 17 mg
Fosfor, P 21 mg
Temir, Fe 0,71 mg
Muhim aminokislotalar
Lizin 0,037 g
Metionin 0,004 g
Triptofan 0,007 g
To'yingan yog'li kislotalar 0,231 g
Custard olmasining foydalari
Custard olmasining ajoyib foydali xususiyatlari ko'p:
● U C vitamini, A vitamini, B vitaminlari va kaliy kabi muhim oziq moddalarni o'z ichiga oladi, bu esa immunitetni mustahkamlashda yordam beradi.
●Custard olmasi metabolizmni tezlashtiradi.
● Tarkibidagi ozuqaviy tolalar qabziyat va bir qator ichak muammolaridan xalos etadi.
●Custard olmasi antioksidantlar bilan boy, bu esa organizmni erkin radikallardan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
● Uning past kaloriya miqdori va yuqori suv tarkibi, to'yimlilikni ta'minlashi bilan birga, vazn nazoratida yordam beradi.
● Custard olmasi ko'rish qobiliyatini ham yaxshilaydi.
Mevaning zararlari
Har qanday meva kabi Custard olmasida ham o'ziga xos ehtiyotkorlik amal qilish zarur bo'lgan holatlar mavjud. Custard olmasining urug'lari o'ta toksik bo'lib, umuman ularni iste'mol qilish zararli hisoblanadi. Mevani haddan tashqari ko'p iste'mol qilish Parkinson kasalligini zo'rayishiga olib kelishi mumkin. Meva urug'lari sharbati ko'zga tushsa, ko'zni jiddiy zararlay oladi. Homiladorlar va emizikli ayollarga ham ushbu meva tavsiya etilmaydi.
Qay tarzda iste'mol qilishadi?
Custard olmasi ko'plab taomlar va ichimliklarda ishlatiladi. Misol uchun, uni yangi holida iste'mol qilish yoki salatlarga qo'shish mumkin. Custard olmasi kremli pirog, keks va boshqa shirinliklar tayyorlashda keng qo'llaniladi.
Ichimlik tayyorlash maqsadida kokteyllarda ham ishlatiladi.
Custard olmasi — ajoyib, kezi kelganda Mark Tvenni ham hayratga sola olgan mevadir. Shunday ekan, u sizni ham hayratga solishi, ajoyib noodatiy ta'mi bilan yoqib qolishi ham aniq.