Marakuya
Marakuya –tropikalardan kelgan totli xazina
Marakuya deb ham ataladigan tropik meva, o'zining noyob ta'mi va xushbo'yligi bilan mashhur.
Marakuya mevasining tashqi ko'rinishi yumaloq shaklda bo'lib, rangi sariq yoki binafsha rangga ega. Mevaning ichida ko'plab qora urug'lar mavjud bo'lib, ularning atrofida shirin va nordon ta'mga ega jelatinsimon modda joylashgan.
Marakuya mevasining ta'mi juda noyob va kompleksdir. Uning nordonligi limon yoki greypfrutga o'xshash bo'lsa-da, shirinligi va xushbo'yligi esa o'ziga xosdir.
Marakuyaning ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.
Kaloriyasi 68 kkal 4.49 %
Oqsil 2.4 g 2.64 %
Yog` 0.4 g 0.6 %
Uglevod 13.4 g 9.71 %
Ozuqaviy tolalar 0 g 0%
Suv 78 g 2.9 %
Makro va mikroelementlar
Vitamin B1, tiamin 0.02 mg
Vitamin B2, riboflavin 0.1 mg
Vitamin B5, pantoten kislotasi 0.2 mg
Vitamin B6, piridoksin 0.4 mg
Vitamin B9, folat 14 mkg
Vitamin C, askorbin kislotasi 24 mg
Vitamin E, alfa tokoferol, TЭ 0.4 mg
Vitamin H, biotin 5 mkg
Digidrofilloxinon 10 mkg
Vitamin PP, NE 2.5 mg
Kaliy, K 340 mg
Kalsiy, Ca 17 mg
Magniy, Mg 9 mg
Natriy, Na 28 mg
Oltingugurt, S 19 mg
Fosfor, P 57 mg
Xlor, Cl 37 mg
Temir, Fe 1.3 mg
Yod, I 1.3 mkg
Marganets, Mn 0.12 mg
Mis, Cu 120 mkg
Ftor, F 20 mkg
Rux, Zn 0.25 mg
Marakuyani qanday iste`mol qilinadi?
Marakuya mevasini iste'mol qilishning ko'plab usullari mavjud. Uni to'g'ridan-to'g'ri yeyish mumkin, shuningdek, salatlar, smuzilar, yogurtlar, piroglar va boshqa taomlarga qo'shish mumkin.
Marakuyaning foydalari:
Marakuya mevasining foydali xossalari ham ko'p. U vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy. Marakuya mevasida C vitamini, kaliy, temir va beta-karotin mavjud. Bu meva immunitetni kuchaytirish, qon bosimi va xolesterinni nazorat qilish, ko'z sog'lig'ini himoya qilish va hujayralarni erkin radikallardan himoya qilishga yordam beradi.
Marakuyaning zararlari
Marakuya emizikli onalarga, dermatit kasalliklari bor insonlarga, oshqozon-ichak traktida yaralari bor insonlarga zararlidir. Kuniga 200-300 grammdan ortiq meva iste'moli ham allergik reaksiyalarga va qorinda og'riq, spazm, diareyaga olib kelishi mumkin.
Agar siz tropik mevalarni yaxshi ko'rsangiz va yangi ta'mlarni sinab ko'rishni istasangiz, marakuya mevasini albatta tatib ko'ring. Chunki marakuya sizni hayratga solishi aniq.