Blackberry

Rambutan

Rambutan 

Rambutan tropik hududlarning eng mazali mevalaridan biri hisoblanadi. Qizil po'sti bilan e'tiborni tortadigan bu meva shirin va suvli etga ega.

Rambutanning po'sti odatda qizil rangli, sochni eslatadigan tikanli ko'rinishga ega. Meva eti esa oq yoki biroz sariq rangli, suvli va shirindir. Rambutan ta'mi tropik xushbo'ylikka ega bo'lib, biroz nordon ta'mni ham o'z ichiga olishi mumkin.


Rambutanning ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi

Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.

Kaloriyasi                      82 kkal             5.41 %
Oqsil                              0.6 g                 0.66 %
Yog`                               0.2 g                 0.3 %
Uglevod                        19 g                  13.77 %
Ozuqaviy tolalar         0.9 g                  4.5 %
Suv                                78 g                  2.9 %

Makro va mikroelementlar

Beta Karotin  0.002 mg
Vitamin B1, tiamin   0.013 mg
Vitamin B2, riboflavin  0.022 mg
Vitamin B5, pantoten kislotasi   0.018 mg
Vitamin B6, piridoksin  0.02 mg
Vitamin B9, folatlar   8 mkg
Vitamin C, askorbin kislotasi  4.9 mg
Vitamin PP, NE  1.352 mg

Kaliy, K  42 mg
Kalsiy, Ca   22 mg
Magniy ,Mg   7 mg
Natriy, Na  11 mg
Fosfor, P   9 mg

Temir, Fe   0.35 mg
Marganets , Mn  0.343 mg
Mis, Cu   66 mkg
Rux, Zn   0.08 mg


Rambutanni qanday iste'mol qilishadi ?

Rambutanning po'stini ajratib olgandan so'ng, ichidagi etini iste'mol qilishingiz mumkin. Ba'zi odamlar meva etini to'g'ridan-to'g'ri yeydi, boshqalari esa turli desertlarga qo'shadilar.

Rambutanning foydalari:

 ● Vitaminlar va minerallar: Rambutan, C vitamini, B vitaminlari, kaliy va marganets kabi muhim ozuqa moddalarini o'z ichiga oladi.
 ● Ushbu mevada mavjud bo'lgan elementlar ko'rishni hamda qon ivishini yaxshilaydi, tanada serotonin ishlab chiqarilishini ta'minlaydi.
 ●  Rambutan charchoqdan xalos etib, mikroblarga qarshi kurashadi.

Rambutanning zararlari 

Ko'plab ekzotik mevalar kabi rambutan ham birinchi bor iste'mol qilinganda allergik reaksiya berishi mumkin. Qandli diabeti bor bemorlarga rambutan tarkibidagi shakar zararli sanaladi. Bundan tashqari,  xom meva tarkibida zaharli moddalar mavjud. Kunlik optimal miqdor 5 dona hisoblanadi va bu me'yordan o'tish nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqaradi.

 Rambutan mavsumi odatda yoz va kuzda bo'ladi. Bu davrda yangi rambutanlar topish osonroq bo'ladi.
 

Blackberry Leafs