Lychee
Lychee
Lychee longanga juda o'xshash tropik mevadir. U shirinligi va noyob ta'mi bilan dunyo bo'ylab mashhur bo'lgan. Lychee Xitoyning janubiy qismida o'sadi. Uning tarixi ming yillarga borib taqaladi. Xitoyliklar lychee mevasini juda qadrlashgan va uni imperatorlar uchun maxsus o'stirib kelganlar.
Tuzilishi: Lychee mevasining tashqi qobig'i qizil rangga ega va qalinroq bo'ladi. Ichki qismi oq rangli, yumshoq va suvlidir. Uning ta'mi shirin, ozgina nordon va bir oz gulli xushbo'ylikka ega.
Lycheening ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.
Kaloriyasi 66 kkal 4.35 %
Oqsil 0.8 g 0.88 %
Yog` 0.4 g 0.6 %
Uglevod 15.2 g 11.01 %
Ozuqaviy tolalar 1.3 g 6.5 %
Suv 81.8 g 3.04 %
Makro va mikroelementlar
Vitamin B1, tiamin 0.011 mg
Vitamin B2, riboflavin 0.065 mg
Vitamin B4, xolin 7.1 mg
Vitamin B6, piridoksin 0.1 mg
Vitamin B9, folatlar 14 mkg
Vitamin C, askorbin kislotasi 71.5 mg
Vitamin E, alfa tokoferol, TE 0.07 mg
Vitamin K, filloxinon 0.4 mkg
Vitamin PP, NE 0.603 mg
Kaliy, K 171 mg
Kalsiy, Ca 5 mg
Magniy, Mg 10 mg
Natriy, Na 1 mg
Oltingugurt,S 8.3 mg
Fosfor,P 31 mg
Temir, Fe 0.31 mg
Marganets, Mn 0.055 mg
Mis, Cu 148 mkg
Selen, Se 0.6 mkg
Rux ,Zn 0.07 mg
O'zlashtiriladigan uglevodlar:
Mono- va disaxaridlar (shakarlar) 15.2 g
Muvofiq aminokislotalar:
Lizin 0.041 g
Metionin 0.009 g
Triptofan 0.007 g
Yog' kislotalari:
Omega-3 yog' kislotalari 0.065 g
Omega-6 yog' kislotalari 0.067 g
To'yingan yog' kislotalar 0.099 g
Miristin kislotasi 0.002 g
Palmitin kislotasi 0.07 g
Stearin kislotasi 0.024 g
Monoto'yinmagan yog' kislotalari 0.12 g
Palmitolein kislotasi (ud) 0.001 g
Olein kislotasi(ud) 0.119 g
Ko'p to'yinmagan yog' kislotalari0.132 g
Linolein kislotasi (ud) 0.067 g
Linolenin kislotasi(ud) 0.065 g
Lychening foydalari:
Lychee vitaminlar va minerallarga boydir. U A vitamini, C vitamini, kaliy, fosfor va temir kabi ozuqaviy moddalarni o'z ichiga oladi. Lychee shuningdek, antioksidantlarga ham boy bo'lib, sog'liq uchun foydalidir.
C vitamini tufayli lychee immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Yurak salomatligini qo'llab-quvvatlaydi. Ishtahani bostiradi va metabolizmni oshiradi.
Lycheening zararlari
Lychee g'ayrioddiy noyob mevalar qatoriga kirganligi tufayli u tanada allergik toshmalar, qichishishlar keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, uning xom mevalari tarkibida gipoglikin mavjud bo'lib, ushbu modda qonda shakar darajasini pasaytiradi. Glukoza darajasini pasaytiradigan dorilar qabul qilganda Lychee ushbu jarayonni kuchaytiradi. Qandli diabetga chalinganlar, homiladorlar va emizikli onalarga mevani ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Lychee mevasini 100 grammdan ko'p iste'mol qilish allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, lychee mevasining urug'ini yeyish xavfli bo'lishi mumkin.
Lychee mevasining shirinligi va noyob ta'mi bilan har qanday taomga ajoyib qo'shimcha bo'ladi.