Blackberry

Jekfruit

Jekfruit

Jekfruit yoki “jackfruit” (Artocarpus heterophyllus), janubi-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan, katta o'simlik mevalaridan biridir. U o'zining o'ziga xos ta'mi, katta hajmi va ko'p qirrali ishlatilishi bilan tanilgan. Jekfruit mevalari 10-25 kg gacha og'irlikka ega bo'lishi mumkin va ularning ichida shirin, meva etiga o'xshash  bo'laklar joylashgan. Meva hidi esa yoqimli banan va ananas kombinatsiyasi va biroz nordon hid aralashmasiga o'xshash bo'ladi. 

Jekfruitning ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.

Kaloriyasi                         95 kkal             6.27%
Oqsil                                 1.7 g                 1.87 %
Yog`                                  0.6 g                 0.9 %
Uglevod                           21.8 g               15.8 %
Ozuqaviy tolalar            1.5 g                  7.5 %
Suv                                   73.5 g               2.73 %

Makro va mikroelementlar

A vitamini, RE 5 mkg
alfa karotin 6 mkg
beta karotin 0,061 mg
beta Kriptoksantin 5 mkg
Lutein + Zeaksantin 157 mkg
Vitamin B1, tiamin 0,105 mg
Vitamin B2, riboflavin 0,055 mg
Vitamin B5, pantotenik 0,235 mg
Vitamin B6, piridoksin 0,329 mg
Vitamin B9, foliy kislotasi 24 mkg
S vitamini, askorbin kislotasi 13,7 mg
E vitamini, alfa tokoferol, TE 0,34 mg
beta tokoferol 0,03 mg
Vitamin PP, NE 0,92 mg
 
Kaliy, K 448 mg
Kalsiy, Ca 24 mg
Magniy, Mg 29 mg
Natriy, Na 2 mg
Oltingugurt, S 17,2 mg
Fosfor, P 21 mg

Temir, Fe 0,23 mg
Marganes, Mn 0,043 mg
Mis, Cu 76 mkg
Sink, Zn 0,13 mg

O`zlashtiriladigan uglevodlar 
Kraxmal va dekstrinlar 1,47 g
Mono- va disaxaridlar (qandlar) 19,1 g
Glyukoza (dekstroz) 9,5 g
saxaroza 0,4 g
Fruktoza 9,2 g

Muhim aminokislotalar 
Arginin* 0,138 g
Valin 0,086 g
Histidin* 0,034 g
Izoleysin 0,069 g
Leysin 0,103 g
Lizin 0,069 g
Metionin 0,034 g
Treonin 0,086 g
Triptofan 0,034 g
Fenilalanin 0,052 g

Muhim bo'lmagan aminokislotalar 
Alanin 0,086 g
Aspartik kislota 0,172 g
Glitsin 0,086 g
Glutamik kislota 0,189 g
Prolin 0,017 g
Serin 0,103 g
Tirozin 0,103 g
Sistein 0,017 g

Yog' kislotalari
Omega-3 yog' kislotalari 0.079 g
Omega-6 yog' kislotalari 0.015 g
To'yingan yog' kislotalari 0.195 g
 Kaprin 0.028 g
Laurin 0.004 g
 Miristin 0.004 g
 Pentadekan 0.002 g
 Palmitin 0.131 g
Margarin 0.002 g
 Stearin 0.011 g
Arahid 0.004 g
 Begen 0.004 g
Lignoserin 0.004 g
Mono to'yinmagan yog' kislotalari 0.155 g
 Miristolein 0.004 g
 Palmitolein (ud) 0.024 g
Palmitolein, sis 0.024 g
Olein (ud) 0.127 g
Olein, omega-9, sis 0.127 g
Poli to'yinmagan yog' kislotalari 0.094 g
Linolein (ud) 0.015 g
Omega-6, sis, sis 0.015 g
Linolen (ud) 0.079 g
Omega-3, alfa-linolen 0.079 g

Jekfruitning foydalari

● Jekfruit yuqori darajada vitamin C, vitamin A, kalsiy, kaliy va boshqa antioksidantlar bilan boy. Bu sog'liq uchun zarur bo'lgan ko'plab ozuqalarni taqdim etadi.
● Jekfruitda ko'p miqdorda uglevodlar mavjud, bu esa uni energiya manbai sifatida foydali qiladi. Sportchilar va faol hayot tarzini olib boruvchilar uchun ideal tanlov bo'ladi. 
● Kaliy va boshqa minerallar yurak sog'lig'ini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. U qon bosimini pasaytirish va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishda foydali bo'lishi mumkin.
● Jekfruitda ko'p miqdorda tolalar mavjud, bu esa ovqat hazm qilish tizimini yaxshilashga yordam beradi va ichak faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi.
● Jekfruit daraxtining ildizi diareyada foydali.
● Gullari esa diuretik ta'sirga ega hisoblanadi.
● Pishgan mevalar laksativ ta'sir ko'rsatadi.

Uning zararlari

 Ba'zi odamlarda jekfruit  allergik reaksiyalar qo'zg'atishi mumkin. Jekfruitda yuqori miqdorda shakar mavjud, shuning uchun diabetga chalingan odamlar uni iste'mol qilishda ehtiyot bo'lishlari lozim. Meva tarkibidagi shakar va tabiiy kislotalar tish emalini zararlashi mumkin.


Jekfruitdan qanday foydalanishadi?

Jekfruitni xom holatida sabzavot kabi pishirish orqali, sabzavotli taomlar, sho'rvalarda ishlatish mumkin. Pishirilganda, uning ta'mi sabzavotlarga o'xshash bo'ladi.
 Jekfruitning shirin bo'laklari desertlar, smuzi va muzqaymoqlarda ishlatiladi.
Jekfruitni salatlar va yengil taomlar sifatida iste'mol qilish mumkin, shuningdek, u vegetarian dietalarida muhim o'rin tutadi.
 Jekfruit sharbati ham ko'pchilik yoqtiradigan sharbatlar sirasiga kiradi.

Jekfruit ekzotik meva ixlosmandlari uchun yaxshi tanlov bo'lishi bilan birga,  sog'lom ozuqalar tarafdorlari uchun ham ayni muddao bo'la oladi.
 

Blackberry Leafs