Jujube
Jujube
Jujube yoki zizifus asrlar davomida turli madaniyatlarda qadrlangan mevalardan biridir. Ushbu o'simlik, asosan, Osiyo va O'rta Sharq mintaqalarida o'sadi va u o'ziga xos ta'mi, foydali xususiyatlari bilan mashhurdir. Ko'rinishi O'zbekistondagi jiyda o'simligi mevalarini eslatadi. Bardoshli meva sanaladigan jujubening ta'mi odatdagi olma ta'miga o'xshash bo'ladi. Meva ichida shirin va to'yimli meva eti joylashgan bo'lib, ular C vitaminiga juda boydir.
Jujubening ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.
Kaloriyasi 79 kkal
Oqsil 1,2 g
Yog' 0,2 g
Uglevod 20,2 g
Suv 77,9 g
Makro va mikroelementlar
Vitamin A, RE 2 mkg
B1 vitamini, tiamin 0,02 mg
B2 vitamini, riboflavin 0,04 mg
B6 vitamini, piridoksin 0,08 mg
C vitamini, askorbin kislotasi 69 mg
PP Vitamin , NE 0,9 mg
Kaliy, K 250 mg
Kalsiy, Ca 21 mg
Magniy, Mg 10 mg
Natriy, Na 3 mg
Fosfor, P 23 mg
Temir, Fe 0,48 mg
Marganes, Mn 0,08 mg
Mis, Cu 0,07 mkg
Rux, Zn 0,05 mg
Jujubening foydalari
● Qon bosimi va xolesterinni kamaytiradi.
● Qon tarkibini yaxshilab, qon tomirlarini mustahkamlaydi.
● Asab tizimi, depressiya, uyqusizlik va stress ta'siri bilan bog'liq muammolardan xalos bo'lishga yordam beradi.
● Yallig'lanishga qarshi, yo'talga qarshi vosita sifatida shamollash va yo'tal uchun qo'llaniladi.
● Bosh aylanishi, anemiyada, xotira muammolari uchun, miya faoliyatini yaxshilash va sklerozning oldini olish uchun ishlatiladi.
● Bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi uchun ham foydali;
● Holsizlanish, tanani yoshartirishga hissa qo'shadi.
● Oshqozon kasalliklari, og'iz bo'shlig'i, buyraklar, siydik pufagining yallig'lanish jarayonlari uchun, yurak kasalliklari, tomoq og'rig'i, bronxit, og'ir infeksiyalar holatini yaxshilashda qo'llaniladi.
● Mevalar yengil laksativ ta'sirga ega va ortiqcha vazndan xalos bo'lish va turli kasalliklarda terining holatini yaxshilashda ham foydali hisoblanadi.
Jujubening zararlari
Jujube individual o'zlashtira olmaslik, laktatsiya, homiladorlik, past qon bosimi holatlarida zararli bo'lishi mumkin.
Jujubedan qanday usullarda foydalanish mumkin?
Jujube oziq-ovqat sifatida yangi, quruq yoki konserva shaklida iste'mol qilinishi mumkin. Ular murabbo, kompotlar va turli xil shirinliklarda ishlatiladi. Jujubening quritilgan mevalaridan choy tayyorlash mumkin. Bu ichimlik tinchlantiruvchi va stressni kamaytiruvchi ta'sirga ega. Kosmetikada esa jujubening ekstrakti kosmetik mahsulotlarda, masalan, teri namlovchi kremlarda va toniklarda ishlatiladi.
Jujube o'zining ko'plab foydali xususiyatlari va ishlatilishi bilan sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlovchi ajoyib meva hisoblanadi. U nafaqat mazali, balki turli kasalliklar va sog'liq muammolariga qarshi kurashishda foydali bo'lishi mumkin.