Guava – tropikaning shifobaxsh mevasi
Guava – tropikaning shifobaxsh mevasi
Guava — bu tropik mintaqalarning sersuv mevasi bo'lib, u ta'mi va aromati bilan ko'pchilikning qalbini zabt etadi! Ushbu meva nafaqat mazali, balki sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlaydiganlar uchun ko'plab foydali xususiyatlarga ega.
Guavaning ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.
Kaloriyasi 68 kkal 4.49 %
Oqsil 2.6 g 2.86 %
Yog` 1 g 1.49 %
Uglevod 8.9 g 6.45 %
Ozuqaviy tolalar 5.4 g 27 %
Suv 80.8 g 3 %
Makro va mikroelementlar
Vitamin A, RE 31 mkg
Beta-karotin 0.374 mg
Likopin 5204 mkg
Vitamin B1 ,tiamin 0.067 mg
Vitamin B2, riboflavin 0.04 mg
Vitamin B4, xolin 7.6 mg
Vitamin B5, pantoten kislotasi 0.451 mg
Vitamin B6, piridoksin 0.11 mg
Vitamin B9, folatlar 49 mkg
Vitamin C, askorbin kislotasi 228.3 mg
Vitamin E, alfa-tokoferol 0.73 mg
Vitamin K, filloxinon 2.6 mkg
Vitamin PP, NE 1.084 mg
Kaliy, K 417 mg
Kalsiy, Ca 18 mg
Magniy, Mg 22 mg
Natriy , Na 2 mg
Oltingugurt, S 25.5 mg
Fosfor, P 40 mg
Temir, Fe 0.26 mg
Marganes, Mn 0.15 mg
Mis , Cu 230 mkg
Selen, Se 0.6 mkg
Rux , Zn 0.23 mg
O'zlashtiriladigan uglevodlar:
Mono- va disaxaridlar (shakarlar): 8.9 g
Muhim aminokislotalar:
Arginin* 0.065 g
Valin: 0.087 g
Gistidin* 0.022 g
Izoleysin 0.093 g
Leysin 0.171 g
Lizin 0.072 g
Metionin 0.016 g
Treonin 0.096 g
Triptofan 0.022 g
Fenilalanin 0.006 g
Muhim bo`lmagan aminokislotalar:
Alanin 0.128 g
Asparagin kislotasi 0.162 g
Glitsin 0.128 g
Glutamin kislotasi 0.333 g
Prolin 0.078 g
Serin 0.075 g
Tirozin 0.031 g
Yog'li kislotalar:
Omega-3 yog'li kislotalar 0.112 g
Omega-6 yog'li kislotalar 0.288 g
To'yingan yog'li kislotalar 0.272 g
Miristin kislotasi 0.019 g
Palmitin kislotasi 0.228 g
Stearin kislotasi 0.025 g
Monoto'yingan yog'li kislotalar 0.087 g
Palmitolein kislotasi 0.005 g
Olein kislotasi 0.082 g
Polito'yingan yog'li kislotalar 0.401 g
Linol kislotasi 0.288 g
Linolen kislotasi 0.112 g
Guavaning foydali xususiyatlari:
● yo'talni davolab, isitmani pasaytiradi;
● bronxit va astmada foydali;
● qon bosimini normallashtiradi;
● diareya va dizenteriya bilan kurashadi;
● analgetik, yallig'lanishga qarshi, biriktiruvchi va antiallergik ta'sirga ega;
● uning barglari tish og'riqlarini yengillashtiradi;
● tomoq og'rig'i, bosh aylanishi, ovqat hazm qilish kasalliklarida ham juda foydalidir.
Qanday istemol qilish kerak?
Guava mevasini yangi iste'mol qilish bu uning haqiqiy ta'mini his qilish uchun eng yaxshi usuldir. Guavani smuzilarga qo'shib, ajoyib va to'yimli ichimlik tayyorlash yoki bir nechta mevalar, yogurt va muz kubiklari bilan aralashtirib tanovul qilish ham mumkin.
Guavaning zararlari
Kuniga 3 dona guava iste'mol qilish me'yor hisoblanadi. Undan ortiqchasi tanada allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Guava qobig'ini ham ko'p tanovul qilmaslik zarur. Guava shuningdek, buyrak tosh kasalliklari, qandli diabet va individual o'zlashtira olmaslik holatlarida man etiladi.
Guava — bu nafaqat mazali, balki foydali meva. Uni o'z dietangizga qo'shing va tropik ta'mning sirli dunyosini kashf eting!