Blackberry

Yavan olmasi

Yavan olmasi

Yavan olmasi yoki ,,Syzygium jambos" tropik mintaqalarda keng tarqalgan mazali va qiziqarli meva hisoblanadi. O'zining o'ziga xos ta'mi, hidi va foydali xususiyatlari bilan mashhur bo'lgan bu meva, ko'plab oshpazlar va sog'lom turmush tarzini sevuvchilar tomonidan seviladi.
Yavan olmasi mevasining tashqi qismi odatda yashil yoki qizil rangda bo'ladi. Ular yumaloq yoki konus shaklida bo'lib, ichki qismida suvli va shirin eti mavjud.Ta'mi esa o'ziga xos, shirin va ozgina nordon ta'mga ega. Ba'zi odamlar uni olma yoki anor bilan taqqoslaydilar. Yavan olmasi o'zining yorqin va xushbo'y hidiga ega, bu esa uni salatlarda yoki desertlarda ishlatishga juda mos keladi.

Yavan olmasining ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.


Kaloriyasi           25 kkal
Oqsil                   0.6 g                   1 %
Uglevod             5.7g                    2 %
                 

Makro va mikroelementlar

C vitamin     22.3 mg
Temir, Fe  0.07 mg
Kalsiy, Ca   29 mg
Fosfor, P 8 mg 
Kaliy, K  123 mg

Yavan olmasining foydalari

● Qon bosimini normallashtiradi.
● Kollagen ishlab chiqarilishini tartibga soladi.
● Gemotopoezga foydali ta'sir qiladi. 
● Tanaga energiya berib, gormonlar ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi. 
● Oqsilni hazm bo'lishini oshiradi.
● Yomon xolesterinni kamaytiradi.

Yavan olmasining zararlari

Yavan olmasining zararlari ko`p aniqlanmagan. Asosiy tavsiya etilmagan holat bu individual o`zlashtira olmaslik sanaladi.


Qanday istemol qilish mumkin?

 Yavan olmasini yangi iste'mol qilish, uning ta'midan to'liq bahramand bo'lishning eng yaxshi usulidir. Mevadan tayyorlangan sharbatlar yoki smuzilar issiq havoda ajoyib yoqimli qo'shimcha bo'ladi.

Yavan olmasini barchaga birdek taklif etish mumkin. Bu meva sizni yangi ta'm va foydali xususiyatlari bilan sevimli mevalaringiz qatorini boyitadi!

Blackberry Leafs