Gak mevasi
Gak mevasi
Gak mevasi (Gac fruit) — tropik iqlimda o'sadigan, ayniqsa, Vetnam va Xitoyda keng tarqalgan, juda yorqin qizg'ish va shirin meva hisoblanadi. Bu meva o'zining g'ayrioddiy ko'rinishi va boy ta'mi bilan tanilgan. Gakning ustki qismi tikanlar bilan qoplangan. Ichki qismi esa yumshoq meva etidan iborat.
Gak mevasining ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.
Kaloriyasi 60 kkal
Oqsil 2 gr
Uglevod 14 gr
Yog' 1 gr
Ozuqaviy tolalar 5 gr
Makro va mikroelementlar
A vitamin. 40.000UI
C vitamin 15 mg
Temir, Fe. 1 mg
Kalsiy, Ca. 15 mg
Gak mevasining foydali xususiyatlari
Gak mevasi ko'plab foydali xususiyatlarga ega:
● Gak mevasida yuqori darajada vitamin A mavjud bo'lib, bu ko'rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.
● Meva kuchli antioksidantlarga boy, bu esa erkin radikallarga qarshi kurashishda yordam beradi.
● Vitaminlar va mineral moddalari immun tizimini mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi.
● Gak mevasining tarkibida terini oziqlantiruvchi moddalar mavjud, bu terining yangilanishini va sog'lom ko'rinishini ta'minlaydi.
● Ba'zi davlatlarda Gak mevasi preparatlaridan ko'krak va prostata saratonini davolashda foydalanishadi.
Zararlari
Gak mevasining zararlari kam uchraydi, ammo ba'zi hollarda u zararli hisoblanadi. Ba'zi odamlar uchun gak mevasi allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Mevaning shirinligi sababi bilan qandli diabetga ega odamlar ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilishlari lozim.Gak mevasi ba'zi dorilar bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun dorilarni qabul qilayotganlar uchun ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.
Mevadan qanday foydalanishadi?
Gak mevasidan tayyorlangan sharbat sog'lik uchun foydali sharbat sifatida iste'mol qilinadi. Bu meva desertlar va salatlarga qo'shilishi mumkin. Eng oddiy usul esa uni yangiligicha tanovul qilishdir.
Gak mevasi o'zining boy oziq moddalar bilan to'ldirilgan tarkibi va mumkin bo'lgan foydalari bilan ajralib turadi. Gak mevasini o'z dietangizga qo'shib, foydali va mazali ta'mdan bahramand bo'lishingiz mumkin.