Salak mevasi
Salak mevasi
Salak mevasi o'zining unikal tuzilishi bilan barchani hayron qoldira oladi. Nega deysizmi? Undi u haqidagi qiziqarli maqolani diqqat bilan o'qing. Bu meva, asosan, Janubi-Sharqiy Osiyoda, xususan Indoneziya va Malayziyada yetishtiriladi. Salak mevasining ko'plab nomlari bor: "salacca" yoki "snake fruit" deb ham ataladi, chunki uning qobiqlari ilon terisiga o'xshashdir.
Salak mevasining tuzilishi juda qiziq. U o'zining qattiq va qizargan qobiqlari bilan tanilgan bo'lib, ichida esa suvli va mazali eti joylashgan. Meva tuzilishi gulning g'unchasi shaklida bo'lib, har bir mevaning qobiqlari o'ziga xos tangachalar bilan bezatilgan. Bu tangachalar uning ilonga o'xshash ko'rinishini ta'minlaydi.
Salakning ichki eti, odatda, uch yoki to'rtta bo'lakka bo'lingan, har bir bo'lak esa o'ziga xos shirin va nordon ta'mga ega. Bu meva juda ko'p vitaminlar va minerallar bilan boy, xususan, A va C vitaminlari, kaliy va antioksidantlar mavjud.
Salakning ozuqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi
Jadvalda 100 gramm yeyiladigan qismdagi oziqaviy moddalar (kaloriya, oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar) miqdori ko'rsatilgan.
Kaloriyasi 50 kkal
Oqsil 0,8 g
Yog' 0,4 g
Uglevod 12 g
Makro va mikroelementlar
B2 vitamini, riboflavin 0,2 mg
C vitamini, askorbin kislotasi 8,4 mg
Kalsiy, Ca 38 mg
Fosfor, P 18 mg
Temir, Fe 3,9 mg
Salakning foydasi
Salak mevasi sog'liq uchun juda foydali, xususan:
● Salak, yuqori darajadagi antioksidantlar bilan boy, bu esa erkin radikallar bilan kurashishga yordam beradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
● C vitamini miqdori yuqori bo'lganligi sababli, salak immun tizimini mustahkamlashda katta rol o'ynaydi.
● Salakning ozuqaviy tolasi hazm jarayonini yaxshilaydi va ichak faoliyatini normallashtiradi.
● Kaliy miqdori yuqori bo'lganligi sababli, salak qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.
● Salak gemorroyga qarshi ham yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
● Shuningdek, u diareya qarshi va gemostatik ta'sirga ham ega hisoblanadi.
● Suv va gormonal muvozanatni yaxshilaydi.
● Po'stlog'idan kayfiyatni ko'taruvchi damlama tayyorlanadi.
Mevaning zararlari
Ba'zi insonlarda salakga allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Agar birinchi marta iste'mol qilayotgan bo'lsangiz, ehtiyotkorlik bilan boshlagan afzal. Salak, ba'zan insonlarda oshqozonning noqulayligini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun uni me'yorida iste'mol qilish muhimdir. Salak shirin meva bo'lgani uchun, diabetga chalinganlar ehtiyot bo'lishlari kerak, chunki u qonda shakar darajasini oshirishi mumkin.
Qanday tarzda foydalaniladi?
Salakni yangiligicha ehtiyotkorlik bilan tozalab yeyish mumkin. Yoki undan murabbo, kompot, jele, sharbatlar tayyorlash mumkin. Xom mevalardan esa tuzlama qilish mumkin.
Salak ekzotik meva ixlosmandlarining yana bir sevimli mevasi bo'lishi aniq. Chunki uning yoqimli ifori va ta'mi takrorlanmas simfoniyani sizga baxsh eta oladi.